avatar
Куч
3.54
Рейтинг
+2.24

Мақолалар

QIZLAR ARAZI

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
Xayolimga kelmaysiz,
Boshqa xayol suraman.
Meni yaxshi bilmaysiz,
Sizni yomon ko’raman.
 
Ozor berib to’ymaysiz,
Tuyg’ularim o’ynaysiz.
Nega buncha qiynaysiz,
Sizni yomon ko’raman.
 
Oromimni oldingiz,
Jonim o’tga soldingiz.
Qaydan uchrab qoldingiz…
Sizni yomon ko’raman...!
 
 
Muallif: TerDU talabasi Berdiqobilov Raxmatullo

DO’STLIK VA SEVGI

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
Do’stmiz dedim, qaydan bilayin,
Qalbim do’stlik qo’lin tutmadi.
Sevib qoldim, nima qilayin?...
Do’st bo’lishga kuchim yetmadi.
 
Do’stman dedim, do’stingman dedi,
Oramizdan qil o’tmas edi.
Mast qilganda sevgining hidi
Do’st bo’lishga kuchim yetmadi.
 
Muhabbatim do’stlikni buzur,
Dildan ketdi halovat-huzur.
Kechir endi, do’stginam uzr,
 Do’st bo’lishga kuchim yetmadi.
 
Muallif  TerDU talabasi  Berdiqobilov Raxmatullo

ISHQ DARDI

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
 
Kim edi ul, boshida ming bir xayol,
O’t yoqar jon-joniga ko’rgan tushi.
Anglamay o’z holini hayron-u lol,
Qolmagan yor yodidin o’zga ishi.
 
Chin yurakdan shaydoyu maftun o’shal,
Har baloga ming rizo mamnun o’shal.
Devonayi Farxod-u Majnun o’shal,
Boshlaridin ketibon aql-u xushi.
 
Bir-biriga bunda teng shoh-u gado,
Xush yoqar-ki joniga jabr-u jafo.
Eribon tosh, kesakdan chiqqay sado,
Bahorini qor bosib, gullar qishi.
 
Ko’nglida ming bir nihon sirlar uni,
Oromi yo’q tunlari, notinch kuni.
Bilmasang bil, ey, rafiq, derlar uni:
 Ishq dardiga mubtalo bo’lgan kishi.
 
Muallif  TerDU talabasi Berdiqobilov Raxmatullo